Qabul jarayoni

Maktabimizga ro'yxatdan o'tish uchun siz bir necha oddiy qadamlardan o'tishingiz kerak. Birinchidan, bola bilim darajasini baholash uchun kirish imtihonini topshiradi

01

Imtihondan o'tish

Biz har bir bolaning rivojlanish xususiyatlari, qiziqishlari, kuchli va zaif tomonlarini hisobga olgan holda individual dastur tuzamiz

Calendar
02

Besh kunlik moslashish davri

Biz o'quvchilarning qobiliyat va salohiyatini ochish uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanamiz

Calendar
03

Kerakli hujjatlarni taqdim eting

Biz yumshoq ko'nikmalarni rivojlantirish uchun qulay va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratamiz

Calendar

Ko‘p so‘raladigan savollar

5-11 sinf o‘quvchilari uchun fan olimpiadalari uchun O‘zbekistondagi eng birinchi platforma

Ko‘p xususiy maktablarda assistentlar bor. Sizlarda ham bormi?

Ha, bizda ham zarurat tug‘ilganda o‘qituvchiga yordam beradigan assistent mavjud. Biroq maktabimizda har bir o‘quvchiga individual yondashuv qo‘llanadi. Sinfdagi maksimal o‘quvchilar soni — 20 nafar, va ko‘pincha o‘qituvchi hammani qamrab oladi. Agar qandaydir vaziyatda qo‘shimcha yordam kerak bo‘lsa, o‘sha vaqtda assistent jalb qilinadi.

Darslar 17:30 gacha ekan. Agar bolalar qolib ketsa, nima bo‘ladi?

Agar bolalar 17:30 dan keyin qolsa: o‘g‘il bolalar qo‘riqchi nazoratida bo‘ladi, qiz bolalar bilan esa assistent qoladi va ular ustidan nazorat qiladi. Bu vaqt qo‘shimcha to‘lovli kuzatuv hisoblanadi.

Narxi nega bunchalik yuqori? Bu nimaga asoslangan?

Bizda faqat oliy ma’lumotga ega malakali o‘qituvchilar ishlaydi. Ular doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydi va maktabimiz ham o‘quv dasturini rivojlantirib boradi. Shunga muvofiq ta’lim sifati yuqori bo‘ladi.

Maktab formasi bormi?

Ha, bizda maktab formasi bor. Forma alohida to‘lanadi, uni xarid qilish ota-onaning ixtiyoriga bog‘liq.

Maktab transporti bormi?

Ha, bizda maktab transporti mavjud. Lekin u asosiy to‘lovga kirmaydi, alohida to‘lanadi.

Faqat test orqali qabul qilasizlarmi?

Yo‘q, biz faqat test natijalariga qarab qaror chiqarmaymiz. Test olishdan maqsad — bolaning hozirgi darajasini aniqlash va qaysi yo‘nalishda unga yordam kerakligini bilish. Ba’zi bolalar juda hayajonlanadi, ayniqsa ota-onasi oldida. Shu sababli test vaqtida ham bolaning holatini kuzatamiz va uning asl darajasini tushunamiz.

Kirish puli (vstupitel’nyy vznos) nima? U nimaga sarflanadi?

Kirish puli — bir martalik to‘lov bo‘lib, faqat qabul vaqtida olinadi. Bu mablag‘ quyidagilarni o‘z ichiga oladi: maktab amortizatsiyasi — mebel va jihozlarni yangilash, ta’mirlash ishlari, maktab muhitini qulay saqlash uchun.

Maktabingizda psixolog bormi?

Ha, maktabimizda psixolog faoliyat olib boradi. U bolalar bilan guruh mashg‘ulotlari o‘tkazadi, bu esa sinf ichida do‘stona muhit shakllanishiga yordam beradi. Agar bolada qandaydir o‘zgarishlar kuzatilsa, psixolog alohida suhbat o‘tkazadi va vaziyatni o‘rganadi. Zarur bo‘lsa, biz tavsifnoma tayyorlaymiz, ota-onalarga ma’lumot beramiz va qaysi yo‘nalishda birgalikda ishlashimiz kerakligi bo‘yicha tavsiyalar taqdim etamiz.

Savollaringiz bormi?

Telefon raqamingizni qoldiring, biz sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beramiz yoki bizning raqamimizga qo‘ng‘iroq qiling!

+998 97 330 91 99

Icon Nova
Social IconsSocial IconsSocial Icons

Asosiy

Ish soatlari

Dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 17:00 gacha